Qayd etilişiça, hisobot davrida budjet taşkilotlarida iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar böyiça aniqlangan moliyaviy qonunbuziliş holatlari 120,1 mlrd sömni, şundan naqd pul mablağlarini özlaştiriş va kamomadlarga yöl qöyiş holatlari 25,4 mlrd sömni taşkil etgan.

Hisobot davrida vazirliklar böyiça qonunbuziliş holatlari va boşqa xato-kamçiliklar quyidagilarni taşkil etdi:

Xalq ta'limi vazirligi tizimida ötkazilgan 455ta nazorat tadbirlarining 336tasida 65,2 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlanib, 2020 yilning mos davriga (21,5 mlrd söm) nisbatan qonunbuziliş holatlari 3 martaga oşgan;

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi tizimida ötkazilgan 117ta nazorat tadbirlarining 96tasida 59,3 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlangan (2020 yilning birinçi yarim yilida 981 mln sömlik qonunbuziliş holatlari aniqlangan);

Maktabgaça ta'lim vazirligi tizimida ötkazilgan 454ta nazorat tadbirlarining 368tasida 59,2 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlanib, 2020 yilning mos davriga (7 mlrd söm) nisbatan qonunbuziliş holatlari 8,5 martaga oşgan;

Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida ötkazilgan 514ta nazorat tadbirlarining 390tasida 41,7 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlanib, 2020 yilning mos davriga (14,1 mlrd söm) nisbatan qonunbuziliş holatlari 2,9 martaga oşgan;

Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tizimida ötkazilgan 136ta nazorat tadbirlarining 129tasida 24,1 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlangan (2020 yilning birinçi yarim yilida 903 mln sömlik qonunbuziliş holatlari aniqlangan);

Suv xöjaligi (6,8 mlrd söm), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd söm), Oliy va örta maxsus ta'limi (5,2 mlrd söm), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd söm), Qişloq xöjaligi (4,2 mlrd söm), Mudofaa (3,2 mlrd söm), Madaniyat (2,6 mlrd söm) vazirliklari hamda Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş (4,7 mlrd söm), Örmon xöjaligi (4,4 mlrd söm), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş (3,1 mlrd söm) davlat qömitalari va ular tizimidagi budjet taşkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuziliş holatlari aniqlangan.

Bundan taşqari, hokimliklar (5 mlrd söm), hokimliklarning obodonlaştiriş boşqarmalari (5,6 mlrd söm), hokimliklar huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd söm)da ötkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilganligi aniqlangan.