Özbekistonda şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonun talablarini buzgani uçun reyestrga kiritilgan ijtimoiy tarmoqlarning faoliyatini çeklab turiş qançaga tuşadi?
Kun.uz muxbiri şu haqdagi savol bilan Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi (“Özkomnazorat”) boşliği örinbosari Doniyor Rustamovga yuzlandi.
“Biz barça xorijiy mulkdorlarga rasman xat bilan çiqib, qonun ijrosi va uning talablarini tuşuntirganmiz. Qonunga şarh ham berganmiz va savollar tuğilsa, qaysi vazirlik va idoralarga murojaat qilişlari mumkinligini aytganmiz. Bizga javoban deyarli barça kompaniyalar aloqaga çiqdi, özlarining taklif va mulohazalarini bildirdi.
Masalan, TikTok kompaniyasi mutaxassislarining bizga aytişiça, ayni vaqtda kompaniyaning Özbekistondagi foydalanuvçilari soni 2 millionga yaqin. Balki undan ham köproqdir, men bilmayman, bu – ularning sözi. Lekin, TikTok kompaniyasi şu vaqtgaça bizdan [Özbekistondan] daromad körmayotganini ta'kidlab ötdi.
Şuningdek, TikTok juda köplab foydalanuvçilari mavjud bölgan mamlakatlarga ularning şaxsiy ma'lumotlari joylaşgan serverlarini köçirganini ham ta'kidlab aytdi.
Özbekistonning taklifiga javoban, kompaniyaga buning uçun muddat kerakligini aytdi hamda yeçim sifatida MDH davlatlarida joylaşgan serverlaridan foydalaniş hamda bir qança boşqa takliflarni bildirdi.
Şuningdek, boşqa birorta xorijiy mulkdor özbekistonlik foydalanuvçilardan daromad köramiz, degan masalani kötargani yöq.
Savolga keladigan bölsak, Özbekiston hududida “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonun talablarini buzgan xorijiy mulkdorlar faoliyatini çeklaş xarajatlari bizga ma'lum emas. Bunday vakolat Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida. Biz faqat qonun talabini buzgan operatorni aniqlab, reyestrga kiritamiz va çora köriş böyiça vazirlikka taqdimnoma kiritamiz.
Asosan Xitoy bilan biznes qiladigan tadbirkorlar foydalanadigan WeChat ijtimoiy tarmoği özbekistonliklarning şaxsiy ma'lumotlari joylaşgan serverlarini köçiriş masalasini körib çiqyapti. Şuningdek, boşqa xorijiy mulkdorlar ham özining takliflari bilan çiqişyapti.
Biz: “Özbekistonda qonun bor, qonun işlaşi kerak” prinsipi asosida işlaymiz”, – dedi Doniyor Rustamov 24 avgust kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi majlisi doirasida Kun.uz'ga bergan intervyusida.













