Jamiyat | 13:51 / 25.08.2021
8126
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi tuzildi

O‘zbekistonda prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining qarorlariga asosan respublika bo‘yicha jami 10760ta saylov uchastkasi tuzildi. Bu haqda bugun, 25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 10 mingdan ortiq saylov uchastkalarining asosiy qismi ta'lim muassasalarining binolarida joylashadi. Xususan, saylov uchastkalarining:

  • 7346tasi - ta'lim muassasalarida;
  • 573tasi - mahallalar binolarida;
  • 452tasi - tibbiyot muassasalarida;
  • 322tasi - madaniyat va sport markazlarida;
  • 206tasi - ishlab chiqarish korxonalarida;
  • 93tasi - davlat xizmatlari agentligi binolarida;
  • 33tasi - sanatoriylarda;
  • 16tasi - savdo markazlarida;
  • 145tasi - harbiy qismlarda;
  • 20tasi - ozodlikdan mahrum etish va qamoqda saqlash joylarida;
  • 414tasi boshqa turdagi korxona, tashkilot va muassasalar binolarida joylashishi belgilandi.

Shuningdek, Saylov kodeksining 10, 14 va 16-moddalari hamda Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida 54ta saylov uchastkalari tuziladi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish bo‘yicha Yo‘riqnomani ham tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Hozirga qadar beshta partiya o‘z nomzodlarini taqdim qildi va imzo yig‘ish jarayonlari boshlandi. Prezident saylovi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid