“Tolibon” yuzga yaqin zirhli transport vositalariga, 70 ga yaqin jangovar vertolyotlarga, millionlab öqotar qurollarga va ular uçun qariyb milliardga yaqin öq-dorilarga ega böldi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligiga xalqaro politsiya assotsiatsiyasining Rossiya bölimi prezidenti Yuriy Jdanov xabar berdi.

“Tolibon harakati Afğoniston hokimiyatini qölga olişi bilan Rossiya, sobiq ittifoq hukumati, AQŞ, Germaniya va boşqa davlatlarda işlab çiqarilgan yuqori darajali harbiy texnikalarga ega böldi. Biz işonç bilan ayta olamizki, Tolibonda millionga yaqin öqotar qurol bor, ular uçun milliardga yaqin öq-dorilar bor va buni bizning çet ellik hamkasblarimiz ham tasdiqlaydi”, dedi Jdanov.

Bundan taşqari, ekspert ta'kidlaganidek, Afğoniston armiyasining barça harbiy texnikasi hozir Tolibonga tegişli.

“Şuningdek, “Tolibon” sovet davridan qolgan yuzdan ziyod Mi-17 va Mi-24 vertolyotlariga ega böldi. Çet el aviatsiyasi haqida gapiradigan bölsak, ularda önlab MD 500 Defender harbiy vertolyotlari, bir neçta Hercules transport samolyotlari va 16 ta Black Hawk vertolyotlari bor”, dedi mutaxassis.

Jdanovning qöşimça qilişiça, bu röyxat töliq emas, “Tolibon” aslida, yanada köproq haarbiy texnika va qurolga ega bölişi mumkin.

Avgust oyining boşida “Tolibon” Afğonistondagi hukumat kuçlariga qarşi hujumini kuçaytirdi. Ularning nazorati ostida bölmagan yagona viloyat Panjşir, Kobulning şimoli-şarqida joylaşgan, mamlakatning hududi va aholisi jihatidan eng kiçik viloyatlardan biri.