Tadbirda xorij delegatsiyasiga BAA iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marri, Özbekiston delegatsiyasiga esa boş vazir örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boşçilik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari öz çiqişlarida ikki mamlakat iqtisodiy salohiyati ustuvor yönalişlar böyiça hamkorlikni yanada oşirişga şart-şaroitlar yaratayotganini ma'lum qildi. Şu nuqtayi nazardan ikki mamlakat biznes vakillari özaro fikr va loyiha takliflari bilan almaşiş, hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş va aniq kelişuvlarga erişişlari mumkin bölgan platformani yaratiş zarurligi qayd etildi. Tomonlar Özbekiston-BAA Işbilarmonlar kengaşi tuzilganini mamnuniyat bilan olqişlab, ikki mamlakat tadbirkorlarini muvaffaqiyatli va özaro manfaatli hamkorlikka çaqirdi.
Tadbir davomida ikki mamlakat biznes hamjamiyati vakillari örtasida uçraşuvlar ham bölib ötdi. Tomonlar Özbekistonda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, özaro manfaatli savdo bitimlarini tuziş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Forum yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Özbekiston-BAA Işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş töğrisidagi bitim, Özbekistonning «World Logistics Passport» xalqaro savdoga kömaklaşiş dasturiga qöşilişi töğrisidagi bitim, Özbekiston-BAA investitsiya kompaniyasi va «E20 Investmens Ltd.» örtasida Özbekistonda Gilos va rezavor ösimliklarni yetiştiriş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş töğrisida bitim, şuningdek, Özbekiston tomonidan Toşkent şahar Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi rahbariyati va BAA tomonidan Abu-Dabi iqtisodiy rivojlaniş departamenti tasdiqlagan Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş töğrisidagi memorandum imzolandi.












