Tolibon harakati vakili Zabihulla Mujohid Ğarb davlatlari öz fuqarolari bilan birga mahalliy malakali mutaxassislarni Afğonistondan evakuatsiya qilayotganidan şikoyat qildi. Bu haqda u The New York Times naşriga bergan intervyusida aytgan.

Mujohidning ta'kidlaşiça, ğarbliklar mamlakat işlariga aralaşmasligi va “inson resurslarini tortib olmasligi” kerak. Gap “şifokor, öqituvçi va boşqa kerakli kasb egalari” haqida boryapti.

“Amerikada ular idiş yuvuvçi yoki oşpaz bölişlari mumkin. Bu insofdan emas”, dedi Zabihulla Mujohid.

U, şuningdek, Tolibon sobiq tarjimonlar va AQŞ bilan hamkorlik qilgan boşqa afğonlarni nişonga olmayotganiga işontirdi. Mujohid Afğonistonda bu odamlarga heç narsa tahdid qilmasligini ta'kidladi.