Prezident taşrif doirasida quvvati 100 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi barpo etilgan “Nur Navoiy Solar” xorijiy korxonasi bilan tanişadi va uning faoliyati boşlanganini anglatuvçi ramziy dastakni işga tuşiradi.
Kun.uz muxbiri tadbir oldidan uşbu obektda energetika vaziri Alişer Sultonov hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Uluğbek Mustafoyev bilan suhbatlaşdi.
Alişer Sultonovning qayd etişiça, Karmana tumanida barpo etilayotgan mazkur quyoş fotoelektr stansiyasi 268 gektar maydonni egallagan bölib, loyihaning umumiy qiymati 110 mln dollarni taşkil etadi. Yangi quyoş fotoelektr stansiyasining işga tuşirilişi natijasida örtaça 31 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Uluğbek Mustafoyevning ma'lum qilişiça, uşbu loyihaning boş pudratçisi Xitoyning “Sepko III” kompaniyasi hisoblanadi.
Stansiya yiliga 260 mln kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega. Elektr energiyasini sotiş tarifi — 2,679 sent, gaz tejamkorligi — 78,7 mln kub metr.
Bugungi kunga qadar elektr stansiyaga barça uskuna va materiallar keltirilib, quyoş panellari örnatilgan.
Asosiy transformator, boşqaruv va xöjalik binolari, suv va kanalizatsiya majmualari, oçiq taqsimlaş uskunalari montaj qilingan, 19 dona transformatorlar örnatilib, sinov işlari yakunlandi.
Joriy yil 22 avgust kuni stansiyaning ilk generatsiya quvvati respublika yagona elektr energetika tizimiga ulangan.

















