Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalq artisti marhum Botir Zokirovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlaş töğrisida alohida farmon imzoladi.
“Özining buyuk iste'dodi, noyob va betakror ijodi bilan özbek estrada san'atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantiriş, uning şon-şuhratini dunyo xalqlari örtasida keng tarğib etişga qöşgan beqiyos hissasi, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san'atkor, Özbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimoviç Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin”, – deyiladi farmonda.
Ma'lumot uçun, san'at arbobi Botir Zokirov 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangan.
Ötgan yili dekabrda Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nişonlaş töğrisida prezident farmoni qabul qilingan. Hujjatda, san'at arbobiga atab Toşkentda milliy estrada oliy maktabi, yodgorlik majmui va muzey oçilişi, poytaxtda uning haykali örnatilişi közda tutilgan.












