«Afğonistondagi vaziyat hammamizni öyga solişi tabiiy. Xavotir olmanglar, mudofaa qudratimiz har qanday vaziyatga tayyor, vaziyatni nazorat qilib turibmiz. Lekin meni öylantirgani - ular bizning jonajon qöşnimiz, ular ham köçib keta olmaydi, biz ham.

Mana, keçadan boşlab jafokaş afğon xalqiga kömak böliş maqsadida Hayraton köprigini vaqtinça işga tuşirdik. Çunki Afğoniston xalqi hozir yordamga muhtoj, agar ular tinçlik sari harakat qilsalar, biz ularga kömakçi bölamiz. 

Boşqa davlatlardan kelayotgan oziq-ovqatni poyezdlar orqali yetkazib beramiz, özimiz ham bunga hissa qöşamiz. Çunki Mozori Şarif şahriga yagona temiryöl biz orqali ötadi. 

Toliblar bilan ikki yil oldin muloqot olib borgandik, hali heç bir davlat bu işni qilmaganda men ular bilan muloqot qiliş böyiça topşiriq bergandim. Ularning Dohadagi rahbari Birodar janoblari öşanda Özbekiston tomoniga birorta öq otilmasligi böyiça va'da bergandi. Va'dasini bajarayotgani uçun ham ular bilan muloqot qilib turişimiz tabiiy. 

Biz uçun xalqimizning tinçligi kerak. Xalqimiz tinç bölişi uçun, kim bölişidan qat'i nazar, istalgan tomon bilan gaplaşaman. Afğonistonda şunday holat bölişidan ikki yil oldingi tahlillarimiz dalolat bergan edi», dedi prezident.