“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston prezidentligiga nomzod, amalda Qonunçilik palatasi vitse-spikeri Alişer Qodirov 26 avgust kuni partiya sezdida sözga çiqib, özining saylovoldi dasturini taqdim etdi.

Dastur uçun “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” şiori tanlangan. Kun.uz Alişer Qodirovning asosiy ğoyalarini keltirib ötadi.

“Oliy ta'lim vazirligini tugatiş kerak”

“Milliy tiklaniş” yetakçisi saylovda ğalaba qozonsa, eng avvalo “Yangi avlod” nomli davlat dasturini qabul qilişini aytdi. Bu dastur bola tuğilganidan maktabni tugatgungaça bölgan davrga oid köplab masalalarni qamrab oladi.

“Oila, boğça va maktab. Bu uçta institut yagona tizimga birlaştirilişi kerak”, – dedi Qodirov.

Uning fikriça, ta'lim-tarbiya tizimi islohoti uçun oilada ayollarga şaroit yaratiş, bolali ayollarning oyliklarini kamaytirmagan holda ularning iş vaqtlarini qisqartiriş zarur.

Alişer Qodirov Oliy ta'lim vazirligini tugatib, OTMlarni xususiylaştiriş niyatida ekanini bildirdi. Vazirlik örniga esa prezident huzurida Rektorlar kengaşi tuzişni taklif qildi.

“Agar OTMlar xususiylaştirilsa, ular orasidagi raqobat bizdagidek oliy ta'limga öç, ma'rifat istaydigan yoşlar uçun juda katta imkoniyat böladi. Raqobat biz kutgan kadrlar dunyoga kelişiga sabab böladi”, – dedi u.

“Islom dini – ma'rifat manbayi”

Alişer Qodirov şu nomli dastur qabul qilişga va'da berdi. Bu dasturda islomiy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini oşiriş, Qur'on kurslarini ommalaştiriş, dinşunoslikka oid ilmiy işlarni rağbatlantiriş çoralari közda tutiladi.

Bundan taşqari, Qodirov islom moliyasini joriy etiş vaqti keldi, deb hisoblaydi.

“Biz ikki yildan beri bu masalani kötaryapmiz, lekin bank idoralari göyo bu raqobatga tayyor emasdek harakat qilişyapti. Islom moliyalaş tizimi – bugungi Özbekiston uçun juda ham muhim va zarur institut. U kreditlaşning yangiça usulini taklif qiladi. Bu – tadbirkor uçun katta imkoniyat.