Ingliz klubi 36 yoşli forvard transferi borasida kelişuvga erişilgani haqida e'lon qildi.
Bundan oldingi xabarlarda Kriştianu «Man Yunayted» bilan ikki yillik şartnoma imzolaşi va uning yillik maoşi miqdori 25 million funtni taşkil etişi aytilgandi. Transfer qiymati 25 million yevroga baholangan, mançesterliklar bu summani ikkiga bölib tölaşadi.
Futbolçi uçun avvaliga «Mançester Siti» asosiy da'vogar bölgan, ammo futbolçi sobiq jamoasidan taklif borligini bilgaç, bu klub bilan muzokaralarni töxtatişga qaror qilgan.
Ma'lumot uçun, Ronaldu avval ham 2003 yildan 2009 yilga qadar «Mançester Yunayted» safida töp surgan. U yerdan «Real»ga ötgan (2009-2018), keyin – «Yuventus»ga.
«MYu» safida Kriştianu uç marta Angliya çempioni bölgan, ikki marta – Angliya ligasi kubogini, bir marta mamlakat Kubogini qölga kiritgan.
2008 yilda portugaliyalik futbolçi «Yunayted» bilan Çempionlar ligasi va klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.












