Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga köra, tarqaliş böyiça koronavirusga çalingan bemorlarning 82 foizida koronavirusning «delta» ştammi uçragan, bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiçdir. Ikkinçi va uçinçi örinlarda «alfa» ştammi 10,3 foiz va «20A» ştammi 7,7 foiz bilan qayd etilgan.
Markaz direktori Şahloxon Turdiqulovaning aytişiça, sönggi haftalarda koronavirusning «delta» varianti umumiy kasallanişlar sonining beşdan tört qismida uçragan.
«Hind ştammi» deb nomlanuvçi virus turi «Uhan» va «Britan» versiyalariga qaraganda köpinça kasallikning oğir şakllariga olib kelişi xavotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan özgartiradi. Afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uçramoqda va inkubatsiya davri qisqarib, soğliq uçun jiddiy oqibatlar xavfini kuçaytiradi.
Biroq yaxşi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz şuni tasdiqlaydiki, hozirgi vaksinalar yangi ştammlarga qarşi samarali. Emlanganlar kamdan kam hollarda kasallikka uçragan taqdirda ham, inson tanasida virus mutatsiya qila olmasligi sababli COVID-19’ni yengil ötkazadi. Buni 24 avgust kuni olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uçinçi bosqiçi natijalari ham tasdiqlaydi», degan u.
- Rasmiy nomi – SARS-CoV-2 Delta-ştamm bölgan bu tur boşqalaridan özining xavfligi bilan ajralib turadi. Koronavirusning bu ştammida yangi xususiyat – uning inson organizmida antitanalardan «qoça oliş» qobiliyati aniqlangan edi.
















