Angliya çempionatining 3-turidan örin olgan markaziy öyinda «Liverpul» öz maydonida «Çelsi»ga qarşi bahs yuritdi.
Murosasiz bellaşuvda kuçlar teng keldi. Havertsning goliga Saloh penaltidan javob berdi. E'tiborlisi, London klubi 1-bölim söngida kamçilikda qoldi — Ris Jyeyms darvozaga kirib ketayotgan töpni qöli bilan qaytargani uçun maydondan çetlatildi. Ikkinçi bölimda asosiy e'tiborni himoyaga va qarşi hujumga qaratgan «köklar» yakunda «Enfild»dan 1 oçko bilan qaytişdi.
Durangdan söng ikkala jamoa ham oçkolarini 7taga yetkazib, ikkinçi va uçinçi örinlarni bölişib turişibdi.

APL. 3-tur
Liverpul — Çelsi 1:1
28 avgust, «Enfild»
Gollar: Saloh (45+5, penalti) — Haverts (22).
Liverpul – Alisson, Aleksandr-Arnold, Matip, Van Deyk, Roberson (Tsimikas, 86), Fabino, Henderson (Alkantara, 75), Elliot, Mane, Saloh, Firmino (Jota, 43).
Çelsi – Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Jyeyms, Jorjino (Çaloba, 86), Kante (Kovaçiç, 46), Alonso, Maunt, Lukaku, Haverts (Silva, 46).
Ogohlantirişlar: Ryudiger (45+3), Mendi (45+5).
Çetlatiş: Jyeyms (45+3).











