Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida pnevmatik töpponça bilan tanişining köziga jarohat yetkazgan şaxsga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 10 avgust kuni soat 14:00larda, Qarşi tumani «Bunyodkor» MFYda yaşovçi I.B. tumanning «A.Navoiy» MFYda yaşovçi tanişi V.F. bilan Nişon tumani Nuriston şaharçasidagi kölga çömilişga borgan. Çömiliş davomida ular tortişib qolib, I.B. yonidagi pnevmatik töpponça bilan çömiliş uçun suvga tuşgan V.F.ning öng köz sohasiga bir marotaba öq otib, unga qasddan oğir tan jarohati yetkazgan.

Şundan söng Qaşqadaryo viloyati köz kasalliklari şifoxonasiga murojaat qilgan V.F. şifokorlarga öz ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini ma'lum qilib, tibbiy yordam olgan va IIBga murojaat qilmagan.

Qayd etilişiça, viloyat köz kasalliklari şifoxonasi yöllanmasi bilan Toşkentga borgan V.F.ni Respublika köz kasalliklari klinikasida tibbiy körikdan ötkazgan şifoxona ma'muriyati holat yuzasidan içki işlar organlariga xabar bergan.

Ta'kidlanişiça, uşbu xabar yuzasidan töplangan hujjatlar Qarşi tumani IIBda qayd etilib, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan.