Qayd etilişiça, filialda quyidagi bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlanadi:

  • geologiya;
  • dasturiy injiniring; 
  • iqtisodiyot; 
  • maşinasozlik; 
  • davolaş işi; 
  • stomatologiya;
  • farmatsiya; 
  • tibbiy biokimyo.

Filial Qozon federal universitetining (Rossiya Federatsiyasi) yuridik şaxs maqomiga ega bölgan tarkibiy bölinmasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlaş kunduzgi, sirtqi va boşqa ta'lim şakllarida olib boriladi. Filialda ta'lim faoliyati 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi. Qabul parametrlari manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bölgan real ehtiyojini hisobga olib filial tomonidan tasdiqlanadi.

Talabalarni öqişga qabul qiliş davlat granti hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta'lim olgan filial bitiruvçilari 3 yildan kam bölmagan muddat majburiy işlab beriş şarti bilan Özbekistonning davlat organlari va taşkilotlariga taqsimlanadi. Bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy ma'lumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

2021/2022 öquv yilidan Universitet Özbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta'lim yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaşni boşlaydi hamda mazkur yönalişlarda öqişga qabul qilingan talabalar kelgusida öqişlarini filialda davom ettiradi. 2022 yil yakunigaça filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi taşkil etiladi.