Özbekiston TIV Afğonistondagi toliblar rejimidan qoçayotgan odamlar uçun öz çegaralarini oçişga tayyor ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Bugun internet tarmoğidagi ayrim axborot agentliklari va veb-saytlari orqali «Özbekiston Afğonistondagi «Tolibon» rejimidan qoçganlarga öz çegaralarini oçişga tayyorligi» haqidagi ma'lumotlar tarqaldi.
Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Hozirda xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida Özbekiston-Afğoniston çegarasi töliq yopilgan va «Termiz» nazorat-ötkaziş punktidan quruqlik orqali ötiş amalga oşirilmayapti.
Yaqin orada Özbekiston-Afğoniston çegarasidagi «Termiz» nazorat-ötkaziş punktini oçiş közda tutilmagan.
Çegarani kesib ötişga bölgan har qanday urinişlar, ularning sabablaridan qat'i nazar, Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq bartaraf etiladi.
Özbekiston tomoni qator davlatlarga oxirgi 12 kun içida Afğonistondan öz fuqarolarini evakuatsiya qiliş böyiça gumanitar operatsiyalarni amalga oşirişda yordam körsatib, ularning mamlakatimizga kelişi va Özbekistonni tark etişi faqat havo yöli orqali amalga oşirildi.
Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi öz hududida afğon qoçoqlarini qabul qilmasligini, tranzitda yordam körsatişini, ularning mamlakatda qat'iy çeklangan vaqtda bölib turişini yana bir bor ma'lum qiladi.
Özbekiston tomoni Afğoniston bilan an'anaviy döstona va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş hamda qöşni mamlakatning içki işlariga aralaşmaslik tamoyillariga qat'iy sodiqligini yana bir bor ta'kidlaydi», deyiladi xabarda.
Avvalroq Reuters Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas Özbekiston Germaniya röyxatida xavf ostida va evakuatsiyaga muhtoj deb hisoblangan «Tolibon» siyosiy tuzumidan qoçayotgan şaxslarga öz çegaralarini oçişga tayyorligini bildirganini ma'lum qilgani haqida xabar bergandi.


















