Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas Özbekiston Germaniya röyxatida xavf ostida va evakuatsiyaga muhtoj deb hisoblangan «Tolibon» siyosiy tuzumidan qoçayotgan şaxslarga öz çegaralarini oçişga tayyorligini bildirganini ma'lum qildi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu haqda 30 avgust kuni Toşkentda bölib ötgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal taşqi işlar vaziri Hayko Maas örtasidagi uçraşuvda ma'lum qilingan.

Germaniya tomoni Afğonistondan yana evakuatsiya qilinişi kerak bölgan 10 mingga yaqin odam borligini bildirgan. Ularning orasida Germaniya fuqarolari, xavf guruhiga kiruvçi huquq faollari, jurnalistlar va mahalliy afğonlar bor.

Hayko Maas ayni kunlarda Turkiya, Özbekiston, Tojikiston, Pokiston va Qatar böylab safar qilmoqda. Diplomat yuqorida qayd etilgan şaxslarni samolyot orqali yoki qöşni mamlakatlardagi quruqlik yöli bilan evakuatsiya qiliş borasida muzokaralar olib boradi.

Şuningdek, u Özbekiston Germaniyaga uşbu toifadagi odamlarni olib çiqişda yordam berişga tayyorligini bildirganini ma'lum qildi.