Korzinka.uz supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov Köksaroy qarorgohida bölib ötayotgan taqdirlaş marosimida sözga çiqdi va «Döstlik» ordeni uçun minnatdorlik bildirdi.

«Men bu mukofotni 5 ming kişilik jamoamizga berilgan yuksak baho deb bilaman. Bu yerda men tadbirkorlar vakili sifatida turibman. Yaqinda sizning tadbirkorlar bilan uçraşuvingiz oldidan men söz berilişidan umid qilib, 18 punktdan iborat takliflarimni yozib olgandim. Lekin siz 7 banddan iborat nutqingizni öqiy boşlaşingiz bilan men takliflarimni öçira boşladim, oxiriga borib qarasam, hamma takliflarimni siz öylab bölgan va yeçimlarini körsatib bergan ekansiz.

Aytiş mumkinki, siz tadbirkorlar prezidentisiz!

Menga mukofot berilganida ota-onam juda xursand bölişdi va marhum san'atkorlarimizga hurmat körsatilib, mukofotlarga loyiq körilgani uçun minnatdorlik sözlarini yetkazişimni söraşdi», dedi tadbirkor öz çiqişida.