Şişa mahsulotlari qanday yaratilişi haqida heç öylab körganmisiz? Özbekistonda ham tiniq, har tomonlama sifatli oynalar işlab çiqarilişini bilasizmi?

Şişalarni işlab çiqarişdagi asosiy xomaşyo – bu kvars qumi bölib, mahsulotning şaffof bölib çiqişi kvarsga katta haroratda termik işlov berişga boğliq. 

Farğonada joylaşgan yirik Kvars zavodi şişa yetiştiriş sohasida nafaqat Özbekistonda, balki Örta Osiyoda ham yetakçi kompaniyadir. Mazkur kompaniya 1975 yilda taşkil etilgan bölib, Markaziy Osiyo mintaqasida avtomobilsozlik sanoati uçun oynalar, quriliş oynalari, sayqallangan va çiniqqan şişa buyumlarini işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Özimizning milliy mahsulot: ham arzon, ham sifatli

Avvallari şişasozlikning asosiy xomaşyosi bölgan kvars qumlari xorijdan keltirilgan. Biroq Navoiy viloyatida kvars qumi topilgani tufayli mahsulotni endi mahalliy xomaşyodan tayyorlaş imkoniyati paydo böldi.

Zavodda şuningdek, polietilen qop va plyonkalar, örov qoğozlari ham işlab çiqarilmoqda. Oynaga istalgan rangdagi turli tasvir va naqşlar tuşiriş işlari ham yölga qöyilgan. Bugungi kunda 4 mm.dan 19 mm.gaça bölgan oynalarni ham topiş mumkin.

Avvalgidan-da şaffof oynalar

Avvallari Kvars zavodida qumni tozalaydigan maxsus sex bölmagan, mahsulotlar esa biroz xiraroq bölganligi uçun aholi orasida sifatsiz deb yodda qolgan. Ammo kompaniya bu muammoga çek qöydi. Hozirda qumlar alohida sexda obdan tozalanadi va özining sifati bilan bozordagi raqobatdoşlaridan sira qolişmaydi. Agarda bunga işonç hosil qilişni istasangiz, Kun.uz tomonidan tayyorlangan maxsus rolikni tomoşa qilişni tavsiya etamiz.