Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida ov qilişga ruxsatnomasi bölgan şaxslarning hujjatlari ekologiya inspektorlari tomonidan tortib olingani aytilgan xabar tarqaldi. Şuningdek, xabarda ovçilar ekologiya inspektorlari hujjatlarni qaytariş uçun pul ham söraşganini bayon qilişgan. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinişiça, joriy yil 24 yanvar kuni viloyat Ekologiya boşqarmasi xodimlari Muborak tumanida nazorat reyd ötkazgan. Unda «Qirqçaşma» hududida Kasbi tumanida yaşovçilar S.A., I.T. va Ş.T. «Damas» maşinasida özlariga tegişli bölgan ov qurolida ov qilib yurgani aniqlangan va ekologiya inspektorlarining qonuniy talabiga köra tegişli hujjatlarni taqdim etişgan.

Taqdim qilingan hujjatlar körib çiqilganda, Qaşqadaryo viloyati ovçi va baliqçilar sport bölimi tomonidan uşbu fuqarolarga viloyat hududi böylab ov qiliş uçun mavsumiy ov qiliş yöllanmalari taqdim etilgani aniqlangan. Ammo bu yöllanmalar 2020 yil 8 iyulda qabul qilingan 627-sonli «Ov qiliş va ov xöjaligi töğrisida»gi qonun talablariga zid ravişda berilgani va Muborak tumanida ov qiliş uçun alohida ruxsatnoma berilmagani ma'lum bölgan. Şu sababli uşbu şaxslarga tegişli bölgan ovçilik guvohnomalari va mavsumiy ov qiliş uçun berilgan yöllanmalar vaqtinçalik qonuniy töxtamga kelgunga qadar olib qöyilgan.

Mazkur holatga huquqiy baho beriş uçun töplangan barça hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan. Viloyat prokuraturasi mazkur holatlarni örganib çiqib, Qaşqadaryo ovçi va baliqçilar sport bölimi tomonidan uşbu şaxslarga mavsumiy ov yöllanmalari notöğri berilgan deb topgan va mas'ul xodim R.T.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga asosan çora körilgan.

Qayd etilişiça, S.A., I.T. va Ş.T.dan bir neça marotaba telefon orqali va boşqarmaning aloqa xati bilan ovçilik guvohnomalari va mavsumiy ov yöllanmalarini olib ketişlari söralganiga qaramay fuqarolar öz vaqtida hujjatlarni olib ketişmagan.

Şundan söng Ekologiya boşqarmasining nazorat inspeksiyasi xodimlari xonasidagi mutaxassis Ş.S.ga tegişli iş stoli tortmasida saqlanayotgan fuqarolar S.A., I.T va Ş.T.ga tegişli ovçilik guvohnomalari va mavsumiy ov yöllanmalari noma'lum sabablarga köra yöqolgan.

Iş jarayonida fuqarolarning hujjatlari yöqolgani sababli Qaşqadaryo ovçilar va baliqçilar sport birlaşmasi tomonidan hujjatlar qayta tiklangan. Fuqarolarga bir neça bor tiklangan hujjatlarini olib ketişlari aytilganiga qaramasdan, ular hujjatlarning asli kerakligini ta'kidlab haligaça olişmagan.