Musobaqada AQŞning 9 ta ştatidan 9 jamoa qatnaşgan. Şuningdek, Özbekistonning AQŞdagi diplomatik missiyasi vakillari 10-jamoa sifatida iştirok etgan. Finalda Nyu-Yorkning «Pakhtakor» va Nyu-Jyersining «UZB FC» jamoalari töqnaş kelib, penaltilar seriyasiga köra «UZB FC» jamoasi 3:1 hisobida ğalaba qozongan. «UZB FC» darvozaboni butun musobaqa davomida faqat finaldagi penaltilar seriyasida bitta gol ötkazib yuborgan. Uni ham sobiq professional futbolçi Komron Kapadzedan. Natijada bu posbon musobaqaning eng yaxşi darvozaboni bölgan.

3-örin uçun öyinda Floridaning «Toşkent» va Çikagoning «Chicago uzbeks» jamoalari bahslaşib, penaltilar seriyasida çikagoliklar ğolib bölişdi. An'anaviy tarzda ötkazilayotgan musobaqa ğolibi 1000 dollar, ikkinçi örin sohibi 750 dollar, uçinçi örin sohibi 500 dollar mukofot oldi. Turnirning eng yaxşi darvozaboni, futbolçisi va töpurariga sovğalar topşirildi.

Javlon Vahobov
Javlon Vahobov

AQŞda istiqomat qiluvçi «Mahalla USA» jamiyati uşbu futbol turnirini 5-marta ötkazdi. Uning oçiliş marosimida mahalliy siyosatçilar qatorida Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov, Özbekistonning AQŞdagi boş konsuli Kamol Ikromov Nyu-York senatori Endryu Gunardis iştirok etdi. Sözga çiqqan Özbekiston elçisi Javlon Vahobov barçani mustaqillik bayrami bilan tabriklab, uşbu turnir vatandoşlarni birlaştirganini ta'kidladi.

«Mahalla USA» jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedovning aytişiça, bunday körinişdagi navbatdagi futbol musobaqasi Çikagoda ötajak köçma Navröz kubogi böladi.

Abdumalik Ahmedov

Uşbu örtoqlik turnirida Olim Tillayev, Elşan Gambarov kabi yaqin ötmişning maşhur futbolçilari, Alibobo Rahmatillayev, Komron Kapadze kabi yaqindagina Özbekiston yoşlar jamoalarida iştirok etgan futbolçilar ham qatnaşgan. Futbol bahonasida ötkazilgan tadbirga kelganlar özbekça oş bilan mehmon qilingan. Şuningdek, AQŞda yaşayotgan özbekistonliklar özbek milliy öyinlarida iştirok etib, öz kuçlarini sinab körgan.