«Yangi Özbekiston» boğida bölib ötgan bayram tadbirida nutq sözlagan Şavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasidagi islohotlarga töxtaldi.

«Davlat va jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligini ta'minlaşda soğliqni saqlaş, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat va san'at, sport sohalari hal qiluvçi örin tutişini hammamiz yaxşi tuşunamiz.

Bugungi kunda yurtimizda tibbiyot sohasi, uning faoliyat mazmuni tubdan özgarmoqda, desak, yanglişmagan bölamiz. Avvalo, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning sifati va samaradorligi, soğlom turmuş tarzi yangi bosqiçga kötarildi.

Köp tarmoqli poliklinika va kasalxonalarning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda.

Tez tibbiy yordam tizimi zamon talablari asosida qayta taşkil etilib, moliyaviy ta'minoti kuçaytirildi. 2016 yilda mavjud bölgan 800 ta «Tez yordam» şoxobçasining soni bugunga kelib 1 ming 666 taga yetkazildi. Tez tibbiy yordam brigadalari soni esa 1 ming 648 tadan 2 ming 685 taga köpaytirildi», dedi prezident.

Davlat rahbari keyingi yillarda Özbekistonda ham murakkab tibbiy operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani haqida gapirdi.

«Ma'lumki, ilgari köplab yurtdoşlarimiz murakkab tibbiy operatsiyalarni ötkaziş uçun çet ellarga borişga majbur edi.

Keyingi yillarda sohani rivojlantirişga oid islohotlar natijasida bunday amaliyotlar endi özimizda ham muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Respublika aholisiga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatayotgan markazlar soni 2016 yilda 10tani, ularning hududiy filiallari esa atigi 2 tani taşkil etardi.

Bugungi kunda bunday markazlarning soni 20 taga yetkazildi, joylarda esa 124 ta filial faoliyati yölga qöyildi. Bu işni davom ettirib, joriy yilda yana qöşimça 48 ta hududiy filial taşkil etiladi.

Hammangiz körib turibsiz, soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarni öz vaqtida boşlab, töğri yöl tanlaganimiz uçun kutilmagan pandemiya qarşisida sarosimaga tuşib qolmadik.

Xalqimizning soğliği va hayotini asraş maqsadida zudlik bilan barça tadbirlarni işlab çiqdik. Jumladan, koronavirusga qarşi kuraşiş uçun maxsus tibbiy markazlar taşkil etildi. Dori-darmon va himoya vositalarining zaxirasi şakllantirildi.

Hududlarda işga tuşirilgan 60ta kislorod stansiyasi tegişli şifoxonalarni kislorod bilan uzluksiz ta'minlaşga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda vaksina işlab çiqariş böyiça amaliy işlar boşlandi.