“Tolibon” harakati a'zosi Amir Xon Muttaqiy Panjşer viloyati yetakçilari bilan muzokaralar natijasiz yakunlangani va viloyatni kuç bilan oliş rejalaştirilganini ma'lum qildi.

“Muzokaralar natija bermagaç, mujohidlar Panjşerni tört tarafdan qurşab oldi. Qarşilik körsatayotganlarga uruşni bas qiling deb aytişingiz kerak. Ular na Kobulda, na boşqa joyda NATO yordami bilan ham heç narsa qila olmadi. Kiçkina hududda qanday qarşilik körsatiş mumkin?” – dedi toliblar vakili Panjşer aholisiga qilgan audiomurojaatida. 

Amir Xon Muttaqiy toliblar Panjşerga hokim va boşqa mas'ul şaxslarni tayinlaganini ma'lum qildi.

“Biz tayinlagan olim hokimingiz bölişining nimasi yomon? Buni öylab köring hamda Islom amirligiga qöşiling va uruşning oldini oling”, – deya qöşimça qildi u.

Avvalroq “Tolibon” Panjşerdagi uçta muhim tuman va dovonni qölga kiritganini ma'lum qilgandi. Ammo qarşilik kuçlari bu ma'lumotni rad etdi.

Interfaks agentligi öz manbalariga tayanib xabar qilişiça, ötgan tunda toliblar Havak dovoni orqali Panjşer viloyatiga kirişga uringan.

“Ötgan tundagi töqnaşuvlarda toliblar 350 nafar askaridan ajraldi, 40 dan ortiq kişi asirga olindi. Jangçilarimiz köplab Amerika transport vositalari, qurol va öq-dorilarni qölga kiritdi”, — deb xabar bergan agentlik manbasi Havakdagi bölinma komandiri Munib Amiriyga tayanib.

Hozirda Panjşer toliblar nazoratiga ötmagan yagona viloyat bölib turibdi.