Afğonlar “Tolibon” Afğonistonda hokimiyatni egallagandan keyin mamlakatdan çiqib ketişga urinişmoqda. Kobul aeroporti yopilgandan keyin odamlar qöşni davlatlarga quruqlik orqali ötmoqçi.
Afğonistonning köplab fuqarolari Kobul aeroportidan evakuatsiya işlari töxtatilgandan keyin har qanday yöl bilan mamlakatni tark etişga urinmoqda. Odamlar Pokiston va Erondagi çegara ötiş joylari tomon yönalmoqda.
“Köplab odamlar çegaraning Afğoniston tomonida eşiklar oçilişini poylamoqda”, deb aytgan Pokiston hukumatining Torkxam çegara ötiş joyidagi vakili.
Şuningdek, Afğoniston va Eron çegarasidagi Islom-Qal'adagi çegara ötiş joyida köplab afğonlar kuzatilmoqda.












