O‘zbekiston | 14:27 / 30.08.2021
42489
3 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan xabardorman 

Ko‘ksaroydagi taqdirlash marosimida o‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari uchun berilgan mukofotlar ularning yaqinlariga topshirildi.

«Bizda marhumlarni taqdirlash tajribasi yo‘q edi. Biz ularni yodga oldik va taqdirlashga qaror qildik.

Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan ham xabardorman. Buni xalqimiz to‘g‘ri qabul qildi, o‘tganlarning ruhi esa o‘ylaymanki shod bo‘ldi. Ma'rifat, o‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi desam, fikrimga qo‘shilasizlar deb o‘ylayman.

Botir Zokirov alohida imzo chekishga sazovor inson edi. Bu kishini bilmaydigan birorta o‘zbek xonadoni yo‘q. Otajon Xudoyshukurov bilan shaxsan tanish edim. San'ati ham, o‘zi ham baquvvat, lekin o‘zi kamtar inson edi», deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qo‘shiqchi Botir Zokirov uchun «El-yurt hurmati» ordeni ukasi, qo‘shiqchi Farrux Zokirovga topshirildi.

Aktyor Mirzajon Azizov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni turmush o‘rtog‘i Tojibar Azizovaga topshirildi.

Qiziqchi Obid Asomov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni qizi Nargiza Ergashevaga topshirildi.

Qo‘shiqchi Tavakkal Qodirov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni o‘g‘li Muzrob Qodirovga topshirildi.

Yozuvchi O‘lmas Umarbekov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni turmush o‘rtog‘i Zuhra Umarbekovaga topshirildi.

Shoira Halima Xudoyberdiyeva uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni qizi Kamola Umurzoqovaga topshirildi.

Qo‘shiqchi Otajon Xudoyshukurov uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni qizi Intizor Xudoyshukurovaga topshirildi.

 

Qo‘shiqchi Ortiq Otajonov uchun «Mehnat shuhrati» ordeni o‘g‘li Ulug‘bek Otajonovga topshirildi.

Mavzuga oid