«Tolibon» harakati ilgari Afğoniston sobiq hukumati qöşinlariga tegişli bölgan Amerika harbiy texnikasini Eronga jönatdi, deb yozmoqda Iran International naşri.
Qayd etilişiça, gap tanklar va armiya avtomobillari (Humvees) haqida bormoqda. Guvohlar uşbu texnikalarni Eronning Garmsar şahri yaqinida körişgan.
Agar Eron Afğoniston armiyasiga berilgan AQŞ harbiy texnikalarini oliş uçun «Tolibon» bilan kelişuvga erişsa, bu Qöşma Ştatlar ustidan yirik ğalaba böladi, deb yozadi naşr.
Eron hukumati hozirça bu xabarga heç qanday izoh bermadi.
Avvalroq AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning öğli «Tolibon» Amerikaning 85 mlrd dollarlik harbiy qurilma va qurollarini qölga kiritganini aytgandi.













