Angoladagi yirik olmos koni suvi daryoga oqişi oqibatida qöşni Kongoda 12 kişi vafot etdi va 4,4 ming kişi zaharlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ifloslangan suv zaharli çiqindilar saqlanadigan ombordan sizib çiqib Lova daryosi hamda Kongo daryosiga qöşiladigan Çikapa irmoğiga quyilgan.

Iyul oxirlarida irmoq suvi qizil rangga kirgani xabar qilingandi. Ötgan oyda Kinşasa universiteti tadqiqotçilari suv ifloslanişi 2 millionga yaqin kişiga ta'sir qilişi mumkinligini bildirgandi.

Kongo «ifloslantiruvçi tölaydi» tamoyili asosida Angoladan kompensatsiya undiradi.