Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Qöşilmaslik harakatining Kampala şahrida (Uganda) bölib ötgan 19-sammiti doirasida Angola taşqi işlar vaziri Tete Antonio, Qatar Davlati taşqi işlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy, Birlaşgan Arab Amirliklari taşqi işlar davlat vaziri Xalifa Al-Marar va Hindiston taşqi işlar vaziri örinbosari Sanjay Verma bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, muzokaralar çoğida Özbekiston bilan uşbu davlatlar örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hamda köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi özaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollaştiriş, Özbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Uganda poytaxtida Qöşilmaslik harakatining vazirlar yiğilişida iştirok etdi.