«Tolibon» harakatiga odamlar oldidagi majburiyatlarini bajariş qiyin böladi. Mamlakatda mahsulotlar narxi oşib bormoqda, ayrimlari esa peştaxtalardan butunlay ğoyib böldi, dedi Rossiyaning Kobuldagi elçisi Dmitriy Jirnov.
«Narxlar kötarilmoqda, ayrim mahsulotlar ğoyib böldi. Bugun Kobulda şakar ğoyib bölganini aytişdi. Milliy valuta qadri tuşib ketdi. Toliblarga ijtimoiy majburiyatlarni bajariş qiyin böladi, çunki pul kamaydi», — dedi diplomat.
Jirnovning sözlariga köra, hozirda Afğonistondagi iqtisodiy holat asosiy muammo bölib turibdi. Uning aytişiça, Aşraf Ğani hukumati davrida mamlakat budjetining törtdan uç qismi «Ğarb donorligi» hisobiga şakllangan. Endilikda esa moliyaviy yordam töxtagan, Afğonistonning AQŞ banklarida saqlanayotgan oltin-valuta zaxiralari muzlatilgan.
Elçi mamlakatga iqtisodiy bosim ötkazilişi Afğonistondan migrantlar oqimi oşişiga sabab bölişi mumkinligini aytdi.
«Agar Ğarb Afğonistonga iqtisodiy zarba beradigan bölsa, buning migratsion oqibatlari yanada yomon böladi», — dedi Jirnov.
Avvalroq Reuters agentligi xorijiy moliyaviy yordamning töxtatilişi, valuta hisoblarining muzlatilişi ortidan Afğonistonda naqd pul yetişmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va yonilği narxi kun sayin oşayotgani haqida xabar qilgandi.













