Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov Islom taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining Toşkentda ötayotgan yillik yiğilişi doirasida Özbekistonda islom moliyasi nega töliq joriy etilmagani haqidagi savolga javob berdi.

Ilhom Norqulov bu masala 5 yildan buyon hukumat kun tartibida ekani, prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatlarida ham ta'kidlab kelayotganini qayd etdi.

“Islomiy moliyalaştiriş nafaqat bank xizmatlarini öz içiga oladi, balki bu murakkab bir tizim hisoblanib, öz yondaşuvini işlab çiqişni talab qiladi. Islomiy banklarni joriy etiş imkoniyati haqida gapiradigan bölsam, tizimning murakkabligidan taşqari, fuqarolarning tijorat banklariga işonçini ham oşiriş zarur.

Özbekistonda qişloq joylarda islomiy bank xizmatlariga talab mavjud. ITBga a'zo bölmagan köplab mamlakatlarda, masalan, Lyuksemburgda, bankning islomiy moliyalaştiriş bölimlari joriy qilingan, çunki bu bank uçun qöşimça rivojlaniş imkoniyatlarini beradi.

Bundan taşqari, qişloq xöjaligini islomiy moliyalaştiriş orqali muvaffaqiyatli rivojlantiriş mumkin, bu esa qöşimça iqtisodiy foyda keltiradi.

Köp yillar davomida tijorat banklarida islomiy moliyalaştiriş va islomiy bank xizmatlarini joriy etiş masalasi kötarilib keladi. Mamlakat bank tizimida islomiy moliyalaştiriş tizimining qulay işlaşi uçun qöşimça qonunçilikni joriy etiş zarur. Bu tartib mijozlar uçun bank xizmatlari röyxatini diversifikatsiya qiladi. Mamlakatning köplab aholisi islomiy moliyalaştiriş xizmatlaridan foydalanişni xohlaydi.

Gap şundaki, mamlakat aholisining moliyaviy savodxonligi darajasi ança past. Ehtimol, odamlar oddiy bank xizmatlari haqida nimadir bilişadi, lekin islomiy moliyalaştiriş haqida deyarli ma'lumotga ega emas. Bu mavzu ayniqsa fintex rivojlanişi şaroitida dolzarbdir. Muayyan salohiyatni yaratiş va aholining moliyaviy savodxonligini oşiriş zarur. Aholining moliyaviy savodxonligi oşişi bilan islomiy bank tizimini joriy etiş ança osonlaşadi”, – dedi Norqulov.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yil oxiridagi nutqlaridan birida: “Özbekistonda islom moliyasi xizmatlarini joriy qiliş vaqti keldi” deya ta'kidlagan edi.