1 sentabr kuni Yevropada yozgi transferlar oynasi yopildi. Bu futbol tarixidagi eng aql bovar qilmas transferlar oynasi bölgani şubhasiz. Ronaldu, Messi, Ramos, Lukaku, Donnarumma – bir guruh yulduzli futbolçilar klublarini özgartirişdi. Quyida yozning eng asosiy transferlari keltiriladi.

Janluiji Donnarumma (erkin agent), «Milan»dan «PSJ»ga
2020/2021 yilgi mavsum statistikasi: 48 öyin, 15 «quruq» öyin, 54ta ötkazilgan gol.

22 yoşli darvozabon Italiyada «Milan» uçun öynaşni bas qildi. «Rossoneri» safida ötgan olti mavsumda Donnarumma jami 251 öyinda maydonga tuşib, şundan 88tasida «nol»ga öynadi. Bu transferlar oynasida dunyoning eng kuçli futbolçilarini tekinga öz safiga qöşib olgan «PSJ» Yevropa çempionini qölga kiritiş imkoniyatini ham yöqqa çiqarmadi. Donnarumma «PSJ» bilan beş yillik şartnomaga imzo çekdi, ammo hozirça Fransiya çempionatida debyut qilmadi – u ötgan uç öyinda ham zaxirada qoldirildi.

«PSJ» vakillari men bilan boğlanişdi va meni öz jamoalarida körişni istaşayotganini aytişdi, men ham «PSJ»da öynaşni istadim. Raqobat meni çöçitmaydi. Keylor Navas — qoyilmaqom darvozabon, ammo men bu yerga öynaş uçun keldim. Raqobat ikkimiz uçun ham yaxşi, bundan men faqat ösaman. Katta klublarda doim kuçli raqobat mavjud böladi, bu muammo emas. U ajoyib yigit, biz döstlarmiz… Men jahonning eng yaxşi darvozabonlaridan biri bölişni istayman. Buning uçun esa qurbonliklar beriş kerak, işlaş kerak va kamtarlikni yöqotmaslik kerak. Bu asosiysi», – degan Donnarumma.

Aşraf Hakimi (60 mln yevro), «Inter»dan «PSJ»ga
2020/2021 yilgi mavsum statistikasi: 45 öyin, 7 gol, 11 golli uzatma.

6 iyul kuni «PSJ» «Inter»dan Hakimi sotib olinganini e'lon qildi. Marokaşlik bu futbolçi «PSJ» bilan beş yillik şartnoma imzoladi va ötgan vaqt içida jamoa safida beş öyinda maydonga tuşib ulgurdi, u bu öyinlarda bir gol urib, ikki golga uzatma bergan. Hakimi Parij klubi tarixidagi eng qimmatbaho beşinçi transfer böldi.

«Men bu yerda bölişdan baxtiyorman va maydonga tuşişni, jamoadoşlarim bilan uçraşişni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Men bu yerda katta işlar qilmoqçiman. «PSJ» — yuqori darajadagi klub, sönggi yillarda doimiy ravişda ösib, buni isbotlab kelmoqda. Men qattiq mehnat qilib, yuqori natijalarga erişişni istayman, bu yerda bunga imkon bor. Ötişdan oldin men köp marta Poçettino bilan ğoyalar haqida, meni bu yerda nimalar kutayotgani va mendan nima kutişayotgani haqida gaplaşdim. Juda foydali suhbatlar böldi. Men umumiy maqsadimiz uçun bor imkoniyatimizni işga solaman. Olğa, Parij», – dedi Hakimi.