Ziddiyat tomonlari bir-biriga ters ma'lumotlar tarqatib, «axborot uruşi» olib bormoqda.
Ikki tomon ham öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş uçun urinişlar muvaffaqiyatsiz yakunlangaç, toliblarning vodiy tomon keng kölamli hujumlari boşlanganini ma'lum qilgan.
«Tolibon» vakili Zabihulloh Mujohid toliblar «Milliy qarşilik fronti»ni bir neça pozitsiyalarda vodiy içkarisiga çekintirib, raqibga qaqşatqiç zarbalar bergani haqida aytgan.
Harakatning yana bir vakili Bilol Karimi RIA Novosti muxbiriga bergan ma'lumotida, amirlik jangçilari Panjşer içkarisiga kirib, viloyatning 20 foizlik qismini nazorat qilayotgani haqida aytib ötgan.
Öz navbatida, Milliy front vakili Fohim Daştiy BBC intervyuda vodiyga ikki tomondan qilingan hujumlar qaytarilgani, front vodiyga kirişdagi barça yöllar ustidan nazoratni saqlab qolayotgani va ayrim hududlarda hatto vodiy taşqarisida yurişlar amalga oşirilgani haqida aytgan.
Uning sözlariga köra, toliblar sönggi tunda bir neça hududda bölib ötgan janglarda 350 kişisini yöqotgan, jami 50 jangari asir tuşgan.
Front vakillari ma'lumot berişiça, ötgan tunda «Tolibon» Panjşer vodiysiga hujumlarni bir neça tomondan davom ettirgan: Andarab vodiysi orqali Xovak dovoni tomondan, Şotul tumanidagi Salang dovoni tomondan, şuningdek, Parvon viloyatidagi Gulbahor şahri tomondan.
Qöşimça qilinişiça, «Tolibon» Xovak dovonida kamida 100 kişini yöqotgan, Şotul tumanidagi guruh töliq mağlubiyatga uçragan, Salang tumanidagi guruh qurşab olingan.
Şuningdek, Badaxşon viloyatida isyon kötarilgani, qarşilik kuçlari hududdagi törtta tumandan toliblarni quvib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toxar viloyatida ham töqnaşuvlar boşlanib ketgani haqida xabarlar tarqalgan. Sputnik Afğoniston manbalari qarşilik fronti yetakçilari yaqin vaqtlar içida viloyatdagi bir qança tumanlarni ozod qilişni rejalaştirgani haqida xabar bergan.
Bu ma'lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekşirtirişning imkoni yöq.
Ayni vaqtda qator rus naşrlari turli mahalliy manbalarga tayangan holda Amrulla Solih Tojikistonga ketgani va toliblar Panjşerni egallagani haqida xabarlar tarqatmoqda. Herat Times esa bu ma'lumot asossiz ekanini ma'lum qilgan.
Köp ötmay Solihning özi videomurojaat qilib, tarqalgan xabarlarni toliblarning propagandasi deb atab, hozirda Panjşerdaligi va heç bir hudud toliblar qöliga ötmaganini ma'lum qildi.




















