Afğonistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih Panjşerni tark etdi va Tojikistonga ketdi. Bu haqda TASS öz manbasiga tayanib xabar berdi.
«Panjşerdagi vaziyat ança murakkab. Toliblar hududni tört tomondan qamal qilgan, viloyatga internet, elektr va telefon aloqasini bermayapti. Solih ötgan tunda Panjşerni tark etdi va Tojikistonga yöl oldi. U allaqaçon öşa yerda bölsa kerak», – degan agentlik manbasi.
15 avgust kuni «Tolibon» Afğonistonda hukumatni egallaganidan söng prezident Aşraf Ğani mamlakatni tark etgaç, vitse-prezident Amrulla Solih özini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgandi.
Keyinroq Solihning Panjşer viloyatida ekanligi ma'lum qilindi. Panjşer hozirda toliblar nazoratiga ötmagan yagona viloyat bölib turibdi.


















