Islom taraqqiyot banki Özbekistonda onkologik xizmatlarni rivojlantiriş loyihasini qöllab-quvvatlaş uçun 80 million dollar ajratadi. Kelişuv bugun, 4 sentyabr kuni Toşkentda yakunlanayotgan ITB boşqaruvçilar kengaşi yiğilişi doirasida imzolandi.

Loyihaning maqsadi – onkologiya markazlarini quriş/qayta tiklaş va jihozlaş, institutsional va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş, körsatmalar va bayonnomalarni işlab çiqiş va yangilaş, tegişli tibbiyot kasblarini yaratiş va yangilaş orqali xavfsiz va yuqori sifatli onkologiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişdir.

Şu jumladan, öquv dasturlari, akademik ta'lim, klinik tayyorgarlik, radiatsiyadan himoya va xavfsizlikning yuqori darajasini ta'minlaş böyiça işlar olib boriladi.

Bundan taşqari, Özbekiston Xalqaro islom akademiyasi huzurida Islom taraqqiyotining aqlli sinfini taşkil etiş uçun 51,5 million dollar yordam granti taqdim qilinadi. Ikki tomonlama şartnoma Xalqaro islom Akademiyasi rektori Bahrom Mamadiyev va ITB Mamlakat dasturlari böyiça vitse-prezidenti Mansur Muxtor örtasida imzolandi.

Şuningdek, Özbekistondagi 4ta xususiy bank: Kapitalbank, Trastbank, Orient Finans Bank va InFinBank bilan har biriga 10 million dollar miqdorida pul ajratilişi böyiça kelişuv imzolandi. Bu mablağlar banklar tomonidan soğliqni saqlaş sohasini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, şariatga muvofiq Özbekistondagi COVID-19 pandemiyasidan zarar körgan, xususiy sektor va tadbirkorlik sub'yektlarining mudofaa, sayyohlik, hordiq çiqarişga öxşaş faoliyat turlaridan taşqari barça iqtisodiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun sarflanişi belgilandi.