Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi vakolatidagi talabalar öqişini köçiriş böyiça röyxatdan ötkazilgan arizalar (OTMlardan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi OTMlarga mos va turdoş yönalişlar böyiça) vazirlik komissiyasi tomonidan körib çiqildi.
Vazirlik axborotiga köra, körib çiqiş natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda e'lon qilinadi:
Öqişi köçirilişi tavsiya etilmagani böyiça ma'lumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Şunga köra, uşbu toifadagi talabalar 2021 yil 5 sentabr kuni soat 10:00 dan boşlab arizalarining körib çiqiş natijalari böyiça şaxsiy kabinetlari orqali ma'lumot olişlari mumkin.
Öqişi köçirilişi tavsiya etilgan talabalar röyxati 2021 yil 6 sentabr kuni 16:00 dan boşlab talabalar öqişi köçirilişi söralgan OTMlarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
Öqişi köçirilişi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida köçirilişi muayyan OTM tomonidan uzrli sabablarni asoslovçi hujjatlarning asli körib çiqilgandan söng belgilanadi.













