Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlikning qayd etişiça, yangi öquv yilidan boşlab barça oliy ta'lim muassasalarining 1-kurs talabalari uçun öquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali taşkil etiladi.

Taniştiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, öquv jarayoniga tatbiq etiliş tartibi, oliy ta'lim muassasasining içki tartib-qoidalari va şu kabi zaruriy axborotlar bilan taniştiriladi.

Şu bilan birga, taniştiruv haftaligini taşkil etişda doimiy yaşaş manzilidan, xususan, respublikaning boşqa hududlarida bölgan talabalarning oliy ta'lim muassasasiga yetib kelişi, turar joylariga joylaşişi uçun vaqt ajratilişi inobatga olinadi.

Yuqori kurs (1-kursdan taşqari) talabalari uçun esa dars maşğulotlari umumiy tartibda 6 sentyabrdan boşlanadi.