Harbiylar prezident ularning qölida ekanini, mamlakatda komendantlik soati joriy etilgani, çegaralar yopilgani va hukumat vakillariga duşanba kuni şoşilinç yiğilişda hozir böliş körsatma qilinganini ma'lum qilişgan.

Jahon axborot agentliklari guvohlarga tayanib tarqatgan xabarlarga köra, yakşanba kuni Gvineya poytaxti Konakridagi prezident qarorgohida şiddatli otişma ovozlari eşitilgan. Keyin harbiylar yarimorolda joylaşgan Kalum tumani (prezident qarorgohi va bir neçta vazirliklar binolari joylaşgan) va şaharning qolgan qismini boğlaydigan yagona köprikni tösib qöyişgan.

Konakri şahri markazida yaşovçilarga uydan çiqmaslik böyiça körsatma berilgan, böş qolgan köçalarda askarlar patrullik qila boşlagan.

GPS maxsus topşiriqli bölinma harbiylar davlat televideniyesi orqali prezident Alfa Konde hokimiyatdan ağdarilgani va hibsga olingani, uning hukumati tarqatib yuborilgani haqida e'lon qilişgan.

Televideniyeda Konde ağdarilgani haqidagi çiqiş podpolkovnik Mamadi Dumbayya tomonidan bölgan - aynan u isyonçilar rahbari ekani taxmin qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Alfa Konde yoqavayron holatda töliq qurollangan harbiylar davrasida aks etgan video va fotosuratlar paydo böldi, Konde ularni boşqarmayotgani va parişon holda ekani yaqqol körinadi.

Hozirça prezident Konde çindan ham hibsga olingani aniq emas. «Frans-press» xabariga köra, uning hukumati davlat töntarilişining oldi olingani va hozirda xavfsizlik kuçlari tartibni tiklaş işlarini olib borayotganini ma'lum qilgan.

Podpolkovnik Dumbayya boşçiligidagi, özini «Sulh va taraqqiyot milliy qömitasi» deb atagan harbiylar konstitutsiya amal qilişdan töxtaganini ma'lum qilib, mamlakatning yangi asosiy qonuni loyihasi yaqin vaqtlar içida işlab çiqilişini va'da qilişgan.

Dumbayya öz videomurojaatida Gvineyadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vaziyat oğirlaşgani sababli harbiylar mamlakat kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olganini ma'lum qilgan. U barça harbiylarni öz joylarida qolişga çaqirgan. Bundan taşqari, boşqa köplab amaldorlar ham hibsga olingan.

Dumbayya ilgari Fransiya xorijiy legionida xizmat qilgan, 2018 yilda esa GPS ustidan qömondonlikni öz qöliga oliş uçun Gvineyaga qaytib kelgan.