79 yoşli Zuma 6 avgustda turmadan harbiy gospitalga ötkazilgan. Bir haftadan keyin unda jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Şu bilan bir vaqtda Zumaning advokatlari tibbiy körsatmalarga köra sobiq prezidentning muddatdan oldin ozod etilişini söraşgan. JARning amaldagi qonunlariga köra, mahkum jazo muddatining qanday qismini ötaganidan qat'i nazar, soğliği böyiça istalgan vaqt ozod etilişi mumkin.
Endilikda sobiq prezident qolgan jazo muddatini axloq-tuzatiş muassasalari xodimlari nazorati ostida ötkazadi.
Zuma 29 iyunda sudga hurmatsizlikda ayblanib, 15 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Sudya Raymonda Zondo sobiq prezidentni maxsus komissiyaga körsatmalar beriş uçun kelmaganlikda va undan buni talab qilgan konstitutsiyaviy sudga hurmatsizlik qilişda ayblagan. Komissiya 2009-2018 yillar Zumaning prezidentligi vaqtida hukumatdagi korrupsiya holatlari böyiça tergov olib bormoqda.
Zuma 8 iyuldan boşlab jazo muddatini ötay boşlagandi. Şundan keyin JARda Zumaning qamoqqa olinişiga qarşi norozilik namoyişlari boşlanib, tartibsizliklarga aylanib ketgandi. Tartibsizliklarda kamida 337 kişi halok bölgan.












