Özbekistonda bu yilgi prezident saylovida qatnaşiş uçun saylovçilarning yagona elektron röyxatiga kiritilgan fuqarolar soni 21,2 million nafarni taşkil qiladi. Bu haqda «Yoşlar va saylov: elektorat madaniyatni oşirişning dolzarb masalalari» mavzusida bölib ötayotgan xalqaro konferensiyada ma'lum qilindi.
«Joriy yilda saylovçilarning yagona elektron röyxatiga kiritilgan 21 249 921 nafar saylovçidan 6 993 924 nafari 30 yoşgaça bölgan yoşlarni taşkil etadi. Şulardan 880 155 nafari bu yil ilk marotaba özining saylov huquqidan foydalanadi.
Şuningdek, saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda önlab xalqaro taşkilotlardan kuzatuvçilar iştirok etişi kutilmoqda”, – dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev.
Qonunçilikka köra, saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoşga tölgan Özbekiston fuqarolari – saylovçilar hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötgan avvalgi prezidentlik saylovida röyxatga kiritilgan 20,4 milliondan ortiq saylovçilarning 17,9 million nafari (87,73 foizi) iştirok etgan edi.
Özbekiston tarixidagi oltinçi prezidentlik saylovi joriy yil 24 oktabr kuni bölib ötadi.


















