Moliya vazirligi 2021 yilning 1 yarim yilligi uçun taşqi qarz holati va dinamikasi haqida ma'lumot berdi.
Davlat qarzi qoldiği joriy yil boşiga nisbatan 858,6 mln dollarga yoki 3,7 foizga oşib, 2021 yilning 1 iyul holatiga 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,5 foizni taşkil etdi.
1 iyul holatiga:
- davlat taşqi qarzi qoldiği 21,8 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 34,7 foizni;
- davlat içki qarzi qoldiği 2,4 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni taşkil etdi.

Davlat içki qarzi qoldiği tarkibida davlat qimmatli qoğozlari, davlat tomonidan kafolatlangan içki qarz hamda davlat budjetidan qaytariladigan içki majburiyatlar qoldiği aks ettirilgan.
Izohlanişiça, joriy yilning birinçi yarim yilligida davlat qarzi qoldiği 858,6 mln dollarga oşişi Özbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat budjeti defitsitini moliyalaştiriş uçun taşqi va içki manbalardan jalb qilingan qarz mablağlarining özlaştirilişi, qarz majburiyatlari böyiça asosiy qarzning söndirilişi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valuta kurslaridagi özgarişlar bilan boğliq.

1-yarim yillikda davlat qarziga xizmat körsatiş xarajatlari 1,1 mlrd dollarni taşkil etgan. Şu paytga qadar yarim yillik davr uçun qarzlarni söndiriş xarajatlari 1 mlrd dollardan oşmay kelgandi.


Moliya vazirligi hisobotidan xususiy taşqi qarzlar böyiça axborotlar örin olmagan. Bu boradagi ma'lumotlarni Markaziy bank e'lon qilib keladi.













