Toliblar vakili Zabihulla Mujohid har qanday isyonkorlik harakati şafqatsizlik bilan bostirilişini ma'lum qildi

Dam oliş kunlarida Panjşerda toliblar va Afğoniston milliy qarşilik fronti kuçlari örtasida şiddatli janglar bölib ötgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda toliblar viloyat gubernatori qarorgohi oldida tuşgan surat tarqaldi. Şuningdek, ma'muriyat binosida toliblarning bayroği kötarilgan.

«Bu ğalaba tufayli nihoyat mamlakatda uruşga yakun yasaldi. Xalqimiz tinçlik va erkinlikda baxtiyor yaşaydi», degan Mujohid.

Uning sözlariga köra, qarşilik harakati jangçilarining bir qismi öldirilgan, bir qismi toğlarga qoçib ketgan. Toliblar aksar qismi etnik tojiklar bölgan Panjşer aholisi diskriminatsiya qilinmasligiga va'da bergan. Şuningdek, ular  panjşerliklar 1990-yillarda toliblarga qarşi kuraş olib borganiga ham köz yumilişini bildirişgan.

«Ular bizning birodarlarimiz va biz birgalikda mamlakatimiz kelajagini quramiz, degan «Tolibon» vakili.

Ammo Milliy front toliblarning Panjşerdagi ğalaba haqidagi bayonotni rad etmoqda.

Frontning xalqaro aloqalar böyiça bölimi rahbari Ali Maysam Nazariy feysbukdagi sahifasi orqali toliblarning bayonoti haqiqatga töğri kelmasligi va qarşilik kuçlari hamon vodiydagi muhim strategik pozitsiyalarni saqlab qolayotganini bildirgan

Qarşilik harakati yetakçisi Ahmad Mas'ud esa panjşerliklarga murojaat qilib, barça afğonlarni toliblarga qarşi milliy kuraş uçun kötarilişga çaqirgan. U öz audiomurojaatida toliblar heç qanaqasiga özgarmagani, aksinça yanada radikallaşgani haqida aytib ötgan.

Mas'ud sönggi kundagi harbiy harakatlar çoğida öz oilasi a'zolari ham halok bölganini aytib, jahon davlatlarini Afğonistondagi voqealarga tomoşabin bölib turmaslikka, siyosatçilarni yöl qöyilgan xatolarni tuzatişga çaqirgan va qarşilik harakati ğalabaga qadar davom etişini ma'lum qilgan.

Toliblar ularning hokimiyatiga qarşi har qanday harakat qat'iy bostirilişidan ogohlantirişgan.

«Islom Amirligi isyonçilarga murosasiz. Boş kötarişga uringanlarning barçasi bilan hisob-kitob qilinadi. Biz yana bir qarşilik öçoği paydo bölişiga yöl qöymaymiz», dedi Zabihullo Mujohid duşanba kuni Kobuldagi matbuot anjumanida.