Gvineya maxsus kuçlari boşliği, davlat töntaruvi yetakçisi Mamadi Dumbuya prezident saroyida hukumat a'zolari va davlat idoralari vakillari bilan uçraşib, aholining barça qatlamlari iştirokida ötiş hukumati şakllantirilişini ma'lum qildi.
Şu bilan birga, Dumbuya ötiş davrida vazirlar va davlat xizmatçilari mamlakatni tark eta olmasligidan ogohlantirgan. U, şuningdek, amaldorlardan xizmat avtomobillari va hujjatlarini topşirişni talab qilgan.
Dumbuya mamlakatning konlar joylaşgan hududlarida komendantlik soatini bekor qilgan va savdo-iqtisodiy soha hamda toğ-kon kompaniyalari öz faoliyatini davom ettirişini ta'kidlab ötgan.
U, şuningdek, xorijiy investitsiyalar muhimligini va yaqin orada aviaaloqa tiklanişini qöşimça qilgan.
5 sentyabrda Gvineyada harbiylar mamlakatning 83 yoşli prezidenti Alfa Kondeni hibsga olişdi va harbiy töntaruv amalga oşirilgani haqida bayonot bilan çiqişdi. Töntaruv yetakçisi polkovnik Mamadi Dumbuya amaldagi konstitutsiya amal qilişi töxtaşi, hukumat va davlat institutlari tarqatilişini e'lon qilgan va tez orada fuqarolar iştirokida yangi konstitutsiya loyihasi tayyorlanişini aytgan.












