Germaniya kansleri lavozimini tark etayotgan Angela Merkel mamlakat parlamenti – Bundestag oldida xayrlaşuv nutqi bilan çiqdi. U öz nutqi davomida 26 sentyabrda mamlakatda ötadigan parlament saylovlarida partiyadoşi, Xristian-demokratik va Xristian-ijtimoiy ittifoqlar blokidan nomzod Armin Laşet nomzodini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
“Fuqarolarda bir neça kundan keyin tanlov böladi. Keyingi hukumatda kim bölişi baribir emas. Bu “söllar” qöllab-quvvatlaşini e'tiborga oluvçi sotsial-demokratlar va “Yaşillar” hukumati böladi yoki hukumatda bosiq pozitsiyalarda bizni kelajakka yetaklaydigan Armin Laşet boşçiligidagi Xristian-demokratik va Xristian-ijtimoiy ittifoqlar bloki böladi”, deb aytgan Merkel.
Kanslerning bu sözlari sotsial-demokratlar, “Yaşillar” va “söllar” vakillari tomonidan tanqidiy qabul qilingan. “Men şunçaki haqiqatni gapirmoqdaman”, deb javob qilgan Merkel.
Kanslerning nutqi 15 daqiqa davom etgan. U öz nutqida, şuningdek, fuqarolarni koronavirusga qarşi emlanişga çaqirgan va iqlim özgarişi, terrorçilik va kiberhujumlarga qarşi kuraşiş muhimligini yana bir bor eslatib ötgan.
26 sentyabrda Germaniyada Bundestagga saylovlar bölib ötadi. Uzoq vaqt davomida ijtimoiy sörovnomalar saylovlarda hukmron Xristian-demokratik va Xristian-ijtimoiy ittifoqlar bloki ğalaba qozonişini körsatib kelgan. Biroq Germaniyada iyulda yuz bergan toşqinlardan keyin hukmron blok reytingi keskin pastlagan, uning asosiy raqibi - sotsial-demokratlarning ğalaba qozonişga imkoniyati esa oşgan.
Avvalroq Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimini boşqa egallamasligini ma'lum qilgandi.

















