Fridrix Mers 1955 yil 11 noyabrda Brilonda (Şimoliy Reyn-Vestfaliya, Ikkinçi jahon uruşidan keyin Britaniya nazorati ostida edi) advokatlar Yoaxim va Paula Mers oilasida tuğilgan. U oiladagi tört farzandning eng kattasi. RBK naşri yangi kansler faoliyatiga oid şu va boşqa faktlar bilan örtoqlaşdi.

Mersning otasi protestant nasroniy oilasidan; 1970-yillarda u sobiq natsistlarga qarşi sud jarayonlarini boşqargan va mahalliy örta maktabda huquqdan dars bergan. Yoaxim Mers keyinçalik viloyat sudi sudyasi böldi va Christlich Demokratische Union Deutschlands (nasroniy-demokratlar, CDU) partiyasiga qöşildi. Hali maktab öquvçisi bölganida, 1972 yilda Fridrix otasidan örnak olib, nasroniy-demokratlarning yoşlar taşkilotiga a’zo bölişga qaror qildi va faolligi bilan ajralib turdi.

Mers 1975 yilda Ryuten şahri gimnaziyasini tamomladi, keyin bir yil davomida öziyurar artilleriya harbiy qismida xizmat qildi.

1976 yilda bölajak siyosatçi CDU partiyasiga yaqin bölgan Konrad Adenauer jamğarmasidan stipendiya oldi va Bonn bilan Marburg universitetlarida huquqşunoslik böyiça öqişni boşladi.

Mers 1985 yilda davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topşirib, Saarbryuken tuman sudida bir yil sudya bölib işladi, keyin Germaniya kimyo sanoati uyuşmasida advokat lavozimini egalladi va advokatlik faoliyatini boşladi.

Siyosiy martaba

Mersning siyosiy faoliyati 1989 yilda CDU partiyasidan Yevropa parlamentiga deputat etib saylanişi bilan boşlandi, u yerda 1994 yilgaça Janubiy Vestfaliya mintaqasi böyiça vakillik qildi. Keyin u Xoxzauerland okrugida (Şimoliy Reyn-Vestfaliya) saylovda ğalaba qozondi va Germaniya Bundestagi deputati böldi. U yerda 1994 yildan 2009 yilgaça işladi.

Deputat sifatida saylanganidan tört yil ötib, öşa paytdagi CDU/CSU fraksiyasi rahbari Volfgang Şoyble örinbosari böldi va 2000 yilda uning örnini egalladi. Biroq Mers heç qaçon hukumatda işlamadi, şuning uçun ba’zilar uni siyosatçi sifatida kansler böliş uçun yetarli tajribaga ega emas deb hisoblaydi.

2002 yilgi saylovda markazçilarning mağlubiyatidan söng, Mers fraksiya rahbari lavozimini tark etdi va uning vorisi Angela Merkel uç yildan söng Germaniya kansleri böldi. Özining birinçi muddatida u Mers qonun loyihalari bilan boşlangan soliq islohotlarining aşaddiy tanqidçisi böldi va şuningdek, uning fraksiya rahbari örinbosari lavozimidan çetlatilişini yoqladi. Ular orasidagi ziddiyat kuçaydi, çunki Merkel CDU partiyasini sölga siljitişga harakat qildi, Mers esa partiyaning konservativ yönalişini himoya qildi.