Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yildan boshlab QQS stavkasi 12 foizga tushiriladi, yuridik shaxslar uchun yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi - Prezident
2023 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“2020 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Bu – 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion so‘m mablag‘ qoladi, degani. Endi, zarur tayyorgarlik ko‘rgan holda, 2023 yildan boshlab ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiramiz.
Kelgusi yili korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi va buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 milliard so‘m mablag‘ qoladi.
Yana bir yangilik – 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi.
Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi har xil bo‘lib, ular amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil bo‘ladi.
Yo‘l qurilishi, issiqlik ta'minoti, obodonlashtirish xizmatlari kabi 25 ta faoliyat turidagi monopoliyaga barham berilib, endi bu sohalarda tadbirkorlik sub'yektlariga keng yo‘l ochiladi.
Tuman va shaharlardagi mavjud bir nechta tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi”, dedi prezident.
Mavzuga oid
16:30 / 04.04.2026
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:48 / 09.10.2024