TDP@Scale modeli O‘zbekistondagi ta'lim sohasida yangi yondashuv bo‘lib, u o‘qituvchilarga ish jarayonidan uzilmagan holda muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirish imkonini beradi. Mazkur model UNESCO bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va undan foydalanish mutlaqo bepul bo‘ladi.

Tadbirda onlayn tarzda prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, oflayn shaklda UNESCO'ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Aleksandros Makarigakis, Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.