Kriştianu Ronaldu 4445 kunlik safaridan söng, «Mançester Yunayted»ga qaytdi. U «Old Trafford»ni tark etayotganidayoq megayulduz edi. Endi u Mançesterga afsona sifatida qaytdi. Kriştianu darajasidagi futbolçi heç bir klubga zaxirada ötiriş uçun ötmaydi. Demak, Sulşer sobiq jamoadoşini tarkibga joylaştiriş yöllarini qidirişi kerak. Quyida portugaliyalik 36 yoşli futbolçidan qaysi pozitsiyalarda foydalaniş mumkinligi haqida fikr yuritiladi.
Olening klassik uslubi
Norvegiyalik murabbiy öz öyin uslubiga ega va taktik sxemasini (4-2-3-1) özgartirişga muhtoj emas. Sababi, uning rejasidan markaziy hujumçi örin olgan. Ronaldu bu vazifani ortiği bilan bajara oladi. Sababi, u faqat 9-raqamli taran hujumçi sifatidagina emas, jamoa hujumiga har taraflama yordam bera oluvçi lider futbolçi rolida öynay oladi. Bu jamoaga tom ma'noda ijobiy impuls berişi aniq.
Ötgan mavsum davomida Sulşer öng qanotda Grinvud, çap qanotda Reşfordni öynatdi va markazni Kavaniga topşirdi. Bu gal ham qanotlarni Meyson va Markusga berişi mumkin, lekin markazni Ronalduga berişi kutilyapti. Şuningdek, endi klubda Jyeydon Sanço ham bor. Grinvud uşbu mavsum avvalida köproq hujum markazida öynayotganiga e'tibor qaratadigan bölsak, Sanço öng qanotda asosiy futbolçiga aylanişi mumkin.
Kreativ pleymeyker rolida, şubhasiz, Brunu Fernandeş öynaydi. U endi öz vazifasini töliq bajarişi va asosan hujumlar taşkil etiş bilan şuğullanişi mumkin. «Mançester Yunayted»dagi hozirgaça bölgan vaqti mobaynida portugaliyalik yarimhimoyaçi köplab gollarda muallif bölayotgandi. Endi goleadorlik roli Kriştianuga ötadi. Mudofaa va hujumni boğlaşda Fred – Pogba tandemi işlaşini taxmin qiliş mumkin. Grandlarga qarşi öyinlarda himoyani ham mustahkamlaş uçun Sulşer Pogbani Skott MakTomineyga almaştiriş imkoniyatiga ega böladi. Buni murabbiy vaziyatdan kelib çiqib hal qila oladi. Himoyadagi törtlik: Şou, Maguayr, Varan, Uan-Bissakka bölişi katta ehtimol. Lindelyof mudofaa markazida ba'zi öyinlarda jamoadoşlarini almaştirib turişi mumkin. Dalot va Tellesning yuqori sport formasida emasligini inobatga olsak, qanot himoyasidagi juftlik deyarli özgarmas.
De Xea hozirça mavsumni yaxşi boşladi va Din Henderson zaxirada imkoniyatini kutib turadi.

Santuş tajribasi
Ronaldudan unumli foydalaniş maqsadida Ole taktik sxemani özgartirişi ham mumkin. Portugaliyada Fernandu Santuş 4-3-3 sxemasidan foydalanadi. Lekin bu holat jamoaning boşqa bir yetakçisi Brunu Fernandeş uçun noqulaylik tuğdirişi mumkin. Sababi, milliy jamoada köp marotaba Brununing zaxirada qolişiga guvoh bölamiz va bu murabbiy sxemasiga futbolçining mos kelmasligi bilan izohlanadi. Bugungi «MYu»ni esa Fernandeşsiz tasavvur qiliş qiyin.













