Elektr energiyani hisobga olişni avtomatlaştiriş markazi direktori örinbosari Azamat Abdurahmonov savolimizga quyidagiça javob berdi.

“EHOAT loyihasi doirasida 3 işlab çiqaruvçi: “Elektron hisoblagich”, Kaifa va “Toşelektroapparat” MÇJ tomonidan yetkazib berilayotgan “aqlli” hisoblagiçlar örnatildi.

Dastlab, Kaifa hisoblagiçlari işlaşiga oydinlik kiritsak. Bu tizim transformator punktiga örnatiladigan konsentrator hamda iste'molçilar uylariga örnatiladigan 3 turdagi bir fazali hisoblagiçlarni öz içiga oladi. Bunda iste'molçilarga örnatilgan hisoblagiçlardagi barça ma'lumotlar konsentratorda jamlanadi va EHOAT dasturiga yuboriladi. U yerdan billing dasturiga tuşadi. Şu orqali iste'molçi foydalangan elektr energiyasi böyiça hisob-kitoblar amalga oşiriladi.

Azamat Abdurahmonov

Natijada iste'molçi foydalangan hisoblagich körsatkiçini, foydalangan elektr energiyasi miqdorini, amalga oşirgan tölovlari, uning qoldiği onlayn kuzatib bora oladi.

“Elektron hisoblagich” korxonasining “aqlli” hisoblagiçlari 1 fazali va 3 fazali qilib işlab çiqarilgan. Şu bilan birga, konsentrator qurilmasi ham mavjud. Bu ham Kaifa qurilmalari singari işlaydi.

Iste'molçida qarzdorlik yuzaga kelişi oqibatida uni tarmoqdan vaqtinça uziş lozim bölsa, dastur konsentratorga ma'lum bir hisoblagiçni tarmoqdan uziş buyruğini beradi, konsentrator öşa raqamli hisoblagiçni tarmoqdan vaqtinça uzadi. Şu bilan elektr energiyasi yetkazib beriş kelgusi tölov amalga oşirilgunga qadar vaqtinça töxtatiladi”, – deya tuşunça berdi Azamat Abdurahmonov.

Ma'lum qilinişiça, Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi iste'molçilarga Kaifa hisoblagiçlari örnatilayotgan bölsa, Toşkent şahridagi mijozlarga mahalliy işlab çiqaruvçi bölgan “Elektron hisoblagich” MÇJ mahsuloti yetkazib berilyapti.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddisining ma'lum qilişiça, uşbu hisoblagiçlar jamiyat mulki hisoblanib, iste'molçilarga mutlaqo bepul örnatib beriladi va har 10 yilda bir marta texnik körikdan ötkaziladi.