“Birinçidan, maktabgaça ta'limdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Buning uçun qöşimça ravişda, 7 mingdan ziyod yangi boğça taşkil etiladi.
Şuningdek, 2024 yil yakuniga qadar 6 yoşli bolalar maktabgaça tayyorlov tizimi bilan töliq qamrab olinadi. Ana şu tadbirlar hisobidan kelgusi beş yilda tizimda 45 mingdan ortiq xotin-qizlar uçun qöşimça iş örinlari yaratiladi.
Boğça tizimi xodimlarining oylik maoşlari ham, bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.
Bundan közlangan asosiy maqsadimiz – yetti yoşgaça bölgan birorta ham farzandimiz, maktabga çiqqunga qadar e'tiborsiz va bilimsiz qolmasligi kerak.
Ikkinçidan, maktab ta'limi tizimi uçun öquv dasturlari va darsliklar ilğor xorijiy tajriba asosida töla qayta işlanib, 2026 yilga qadar amalda joriy etiladi.
Öqituvçilarning maşaqqatli mehnatini munosib qadrlaş borasidagi işlar davom ettiriladi.
Bolalar soni ösib borayotganini inobatga olib, yangi maktablar quriş, xususiy maktablarni köpaytiriş, ta'lim sifatini oşirişni nazarda tutuvçi Maktablarni rivojlantiriş davlat dasturi işlab çiqiladi.
Oçiği, bu yerda hali köp narsani aytmayapman. Agar ta'limda eng oğiri nima desalaring, maktab deyman. Maktab, maktab, yana bir marta maktab!
Men qişloqdagi ahvolni özim bilaman. Hozirgi maktab ta'limi, darsliklar, maktablardagi şaroitlar meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Qani endi iqtisodiyotimiz bardavom bölganda, birinçi navbatda maktabga juda katta mablağ taşlar edim. Ming afsus...
Maktablar böyiça alohida dastur çiqadi. Agar maktab mukammal bölsa, öqituvçi rozi bölsa, men atganimdek ming dollarlik maoşga yetsak, öşanda jamiyatimiz özgaradi, öşanda partiyamizning ham, hamma rejalarimizning ham natijalari mutlaqo boşqaça böladi. Men bunga işonaman.
Şuning uçun kelgusi yillarda eng katta harakatimiz – maktab, maktab, yana bir marta maktab. Agar maktabni rivojlantirsak, hamma soha böyiça rivojlaniş böladi.
Kelgusi beş yilda qöşimça 1,2 million öquvçi örni yaratiş uçun, maktablar rekonstruksiya qilinadi va yangidan barpo etiladi.
Uçinçidan, oliy ta'limga qamrov darajasini 50 foizga yetkaziş bilan birga, asosiy e'tibor ta'lim sifatini oşirişga qaratiladi.













