Adliya vazirligi xabariga köra, talabalar turar joylari davlat-xususiy şeriklik asosida quyidagi şakllarda barpo etiladi:

  • loyihalarni tadbirkorning öz mablağidan kelişiladigan şartlar asosida moliyalaştiriş;
  • loyihalarni tadbirkor va Davlat budjeti mablağlari hisobidan aralaş moliyalaştiriş (kamida 200 örinli turar joyni barpo etiş uçun);
  • loyihalarni tadbirkorning töliq öz mablağlari hisobidan moliyalaştiriş (kamida 400 örinli turar joyni barpo etiş şarti bilan).

Turar joylarni quriş uçun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargaça yer unga yaqin joylardan ajratiladi. 

Tadbirkorga tegişli yer yoki binoda kamida 50 örinli turar joy taşkil etiş tizimi joriy etiladi. Bunda, tölov OTM bilan kelişiladi hamda u yerda yaşagan har bir talaba uçun tadbirkorga bir öquv yili uçun Toşkent şahrida BHMning 10 baravari, boşqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

OTMlarning oşxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovining eng kam stavkalari qöllaniladi. Bunda, tadbirkorlar talabalar uçun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlaş hamda ularni arzon narxlarda sotiş majburiyatini oladi.

2021 yil 1 sentyabrdan talabalar bilan işlaş böyiça “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda örniga 1–3-kurs talabalari uçun muammolarni bartaraf etişda yaqindan yordam körsatuvçi tyutorlarni biriktiriş amaliyoti yölga qöyildi. Har 120–150 nafar talabaga 1 ta ştat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.

Respublika böyiça jami 228 ta talabalar turar joylari (400 örinli) barpo etiladi. Şundan hududlarda 2022 yilda 47 ta, 2023 yilda 67 ta, 2024 yilda 62 ta, 2025 yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilişi belgilangan.